Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi.

Yangiliklar

Sopollitepa mahallasida joylashgan 15-maktab qoshidagi 6 yoshli bolajonlar ishtirokida buyuk shoh va shoir bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi tantanali ravishda nishonlandi.
Tadbirda 24 nafar o‘quvchi faol ishtirok etdi. Shuningdek,Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Ismoilova Lobar ham tadbirda qatnashib, bolajonlarga Bobur hayoti va ijodi haqida qiziqarli ma’lumotlar berdi.
Bayramona ruhda o‘tgan tadbir davomida o‘quvchilar Bobur g‘azallaridan namunalar aytib berdilar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etdilar. Tadbirning asosiy maqsadi — yosh avlod qalbida vatanparvarlik, ilmga muhabbat va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.