Zamonaviy axborot texnologiyalari orqali kitobxonlik sari yana bir qadam!

Yangiliklar

Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Atoyeva M. hamda Xolyorova Yu. tomonidan markazning ijtimoiy tarmoq manzili QR-kodi tushirilgan maxsus logotiplar tayyorlanib, targ‘ibot ishlari olib borildi.
Targ‘ibot doirasida mazkur QR-kodli logotiplar tumanning “Yangi hayot” va “Yo‘lchi” mahallalarida joylashgan savdo do‘konlari, bankomatlar hamda Paynet shahobchalariga joylashtirildi.
Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi — aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kutubxona faoliyatini keng targ‘ib qilish, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga obunachilar sonini oshirish hamda kitobxonlikni yanada rivojlantirishdan iboratdir.
📚 Zamonaviy axborot texnologiyalari orqali kitobxonlik sari yana bir qadam!