Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida Zulfiyaxonim xotirasiga bagʻishlab, adabiyotlar koʻrgazmasi tashkil etildi.
Zulfiya — o‘zbek xalqining mashhur shoira va jamoat arbobi bo‘lib, o‘zining , vatanparvarlik va ayollar hayoti haqidagi she’rlari bilan tanilgan. Zulfiya Isroilova 1915-yil 1-mart kuni tavallud topgan. Yoshligidan adabiyotga qiziqqan. Gazeta va jurnallarda ishlagan, adabiy faoliyat bilan shug‘ullangan.
O‘zbek adabiyotida ayollar ovozini kuchli ifodalagan shoiralardan biri hisoblanadi.
Zulfiya she’rlarida:
Vatan muhabbati , Tinchlik va insoniylik, Ona va ayol qalbi, Sevgi va sadoqat mavzulari asosiy o‘rin egallaydi.

