“Buvijonim ma’rifati”

Yangiliklar

📚 “Buvijonim ma’rifati”
Qadim-qadimdan momolarimiz aytib bergan ertaklar, hikmatli rivoyatlar va nasihatlar qalbimizga mehr-muhabbat, insoniylik va kattalarga hurmat tuyg‘ularini singdirib kelgan. Biz ham ana shu ezgu tarbiya manbai bo‘lgan buvijon va bobojonlarimizning dono so‘zlari bilan ulg‘ayganmiz.
Bugun Sopollitepa mahallasidagi Qòldoshevlar xonadonida bo‘lib, Ra’noxon ayamning nabiralariga aytayotgan ertaklari va hayotiy nasihatlarini kuzatar ekanmiz, xalq og‘zaki ijodi hamda kitobning tarbiyadagi o‘rni naqadar beqiyos ekaniga yana bir bor amin bo‘ldik.
Samimiy suhbat davomida bolajonlarga kitob o‘qishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi hamda buvijonimizga ertak kitoblari tuhfa etildi. Zero, kitob va ma’rifat bor xonadonda ezgulik, tarbiya va mehr-oqibat hech qachon arimaydi. 🌸