📚 Jadidlar – millat uyg‘onishining peshqadamlari
Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida jadid adabiyoti va ma’rifatparvarlik harakati namoyandalarining boy ilmiy va adabiy merosini targ‘ib etish maqsadida “Jadidlar – millat uyg‘onishining peshqadamlari” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmadan jadidchilik harakatining yirik vakillari – Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon va boshqa ma’rifatparvar adiblarning hayoti va ijodiga oid kitoblar, ilmiy-adabiy manbalar hamda bibliografik qo‘llanmalar o‘rin oldi.
Mazkur ko‘rgazma kitobxonlarni jadidlar merosi bilan yaqindan tanishtirish, yoshlar qalbida vatanparvarlik, ma’rifatparvarlik va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

