📚 Ekskursiya va yoshlar bilan davra suhbati
Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimi Boltayeva Mohichehra tomonidan 12-maktabning 2-“A” sinf o‘quvchilari uchun kutubxonaga ekskursiya tashkil etildi.
Tashrif davomida o‘quvchilar kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi hamda kitobxonlarda mutolaaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida “Kitob ko‘rgazmasi” namoyish etildi. Shuningdek, yoshlar ishtirokida “Kitob – bilim manbai” mavzusida davra suhbati o‘tkazilib, kitob mutolaasining inson kamoloti va bilim olishdagi o‘rni haqida fikr almashildi.
Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘z qiziqishlari va yoshiga mos badiiy adabiyotlarni tanlab, vaqtincha foydalanish uchun olishdi. Bunday tadbirlar yosh avlodning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.
