📚 “YO‘L-YO‘LAKAY KITOB O‘QIYMIZ”
📖 Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi S. Xulkaliyeva tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida faol kitobxonlar va aholi vakillariga ko‘chma kutubxona xizmati ko‘rsatildi.
🌿 Tadbir davomida kitobxonlar yangi adabiyotlar bilan tanishtirilib, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish va kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratildi.
