Kitob o‘qishni yoqtirasizmi?

Yangiliklar

🌺 Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimi Boltayeva Mohichehra tomonidan 12-sonli maktab o‘quvchilari Shukurillayeva Gulhida va Jalilova Dilbar ishtirokida “Kitob o‘qishni yoqtirasizmi?” mavzusida so‘rovnoma o‘tkazildi.
So‘rovnoma davomida o‘quvchilarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi, mutolaa madaniyati hamda eng sevimli kitoblari haqida fikrlari o‘rganildi. Tadbir yoshlar orasida kitob mutolaasini keng targ‘ib qilish, kitobga bo‘lgan mehr va qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
📖 Kitob — bilim manbai, mutolaa esa ma’naviy yuksalish kalitidir! 🌷✨