“Kitob taqdimoti” tadbiri tashkil etildi.

Yangiliklar

🌺 Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimi Mohichehra Boltayeva tomonidan 12-maktabda o‘quvchilar ishtirokida “Kitob taqdimoti” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yosh kitobxonlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni mutolaaga keng jalb etishdan iborat bo‘ldi.
Taqdimot davomida o‘quvchilarga turli badiiy va bolalar adabiyotlari tavsiya qilinib, ular o‘zlariga manzur bo‘lgan kitoblarni tanlab oldilar. Tadbir ko‘tarinki ruhda va mazmunli tarzda o‘tdi.