“Kitobning mohiyati mangudir” shiori ostida adabiy davra suhbati o‘tkazildi.

Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2026-yil 3-aprelda tasdiqlangan “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi majlisi”ning 30-son bayoni ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining joriy yil 13-apreldagi 40-son buyrug‘i asosida, tuman (shahar) axborot-kutubxona muassasalari tomonidan oromgohlarda ko‘chma kutubxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.
📚 Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan Muzrabot tumani 56-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan “Shodlik” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida maktab kutubxonasi hamkorligida “Kitobning mohiyati mangudir” shiori ostida adabiy davra suhbati o‘tkazildi.
📖 Tadbirda o‘zbek bolalar adabiyotining atoqli vakili Xudoyberdi To‘xtaboyevning Jannati odamlar asari muhokama qilinib, undagi ezgulik, insonparvarlik, mehr-oqibat va yuksak ma’naviy fazilatlar haqida o‘quvchilar bilan fikr almashildi.
🌟 Tadbir o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda yozgi ta’til kunlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi. Davra suhbati davomida ishtirokchilar asar yuzasidan o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, faol qatnashdilar.