Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markaziga ona va qiz — Abdurrayimova Ibodat hamda Abdurahmatova Go‘zal tashrif buyurishdi. 📖
Tashrif davomida kitobxonlar kutubxona fondidagi adabiyotlar bilan tanishib, o‘zlari qiziqqan kitoblarni tanladilar.
Farzandni kitobga oshno qilish, mutolaaga qiziqtirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda oilaning o‘rni beqiyos. Ona va qizning birgalikdagi tashrifi esa oilada kitobxonlik madaniyati shakllanayotganining chiroyli namunasidir. 🌿📚
Kitobxon oila — ma’rifatli jamiyat poydevori!
