📚 Muzrabot tumanidagi “Obi hayot” mahallasida joylashgan ko‘chma kutubxonada yozgi ta’til kunlarida kitobxonlar faol ishtirok etmoqda. Bugun ham bir guruh yosh kitobxonlar kutubxonaga a’zo bo‘lib, o‘zlari qiziqqan kitoblarni vaqtincha foydalanish uchun oldilar.
Kitobxonlar yozgi ta’til vaqtini mazmunli o‘tkazish, bilim va dunyoqarashini boyitish maqsadida muntazam kitob mutolaa qilishlarini ta’kidlashdi.
Kutubxona — bilim, ilhom va yangi imkoniyatlar manbai. Mutolaa esa insonning tafakkurini boyitib, sabr-toqatli, diqqatli va ma’naviy yetuk bo‘lib kamol topishiga xizmat qiladi.
