🌺 Kutubxonaga yangi a’zolar qabul qilindi 🌺
Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimi Boltayeva Mohichehra tomonidan yozgi ta’til kunlarida mahalla bolalari kutubxonaga jalb qilinib, ular kutubxona formulyariga a’zo etildi.
Yosh kitobxonlarga kutubxonadan foydalanish qoidalari tushuntirilib, ularning yoshi va qiziqishlariga mos badiiy hamda bolalar adabiyotlari vaqtincha foydalanish uchun topshirildi. Mazkur tadbir bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini oshirish va mutolaaga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda. 📚✨

