“Men ham kutubxonaga kitob sovg‘a qilaman”

Yangiliklar

📚🎁 “Men ham kutubxonaga kitob sovg‘a qilaman” loyihasi doirasida Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida kitobxonlar va aholi tomonidan kutubxona fondini boyitish maqsadida ezgu tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Ruhiddinov Jafarbek tomonidan kutubxonaga 22 dona badiiy va ommabop adabiyotlar hadya qilindi. Sovg‘a qilingan kitoblar kutubxona fondini yanada boyitib, kitobxonlarning ma’naviy dunyosini kengaytirishga xizmat qiladi.
Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi jamoasi tomonidan ushbu xayrli ish uchun minnatdorchilik bildirilib, barcha kitobsevar yurtdoshlar “Men ham kutubxonaga kitob sovg‘a qilaman” loyihasida faol ishtirok etishga chorlab qoladi.