📚”Amir Temur saltanatida xavfsizlik xizmati”
✍️ Hamdam Sodiqov
📜 Ushbu kitob Sohibqiron Amir Temur shaxsining yangi bir qirrasini ochada. Uning davlat xavfsizligini ta’minlashdagi muhim omil – razvedka va kontrrazvedka sohasida olib borgan o‘ziga xos va ayni damda odilona siyosati, jangovar faoliyati asarda aniq va ravshan yoritib beriladi. Sarkardaning erishgan zafarlari, buyuk davlatni barpo etishda unga yordam bergan xavfsizlik xizmatining tutgan o‘rni asoslangan tarixiy faktlar va voqealar asosida bayon etiladi.
Asar Amir Temurni dunyo tamaddunida o‘chmas iz qoldirgan buyuk davlat arbobi, iqtidorli va yengilmas sarkarda sifatida kitobxonlarga yana ham yaqinroq tanishtirish barobarida, ularga buyuk ajdodimiz shaxsi bilan bog‘liq ko‘plab ma’lumotlarni yetkazib beradi.
Mazkur asarning birinchi nashri kitobxonlarda katta qiziqish uyg‘otgan edi. Sizga taqdim etilayotgan ikkinchi nashri muallif tomonidan qayta ko‘rib chiqildi va qo‘shimchalar bilan to‘ldirildi.
