“She’riyat — qalb taronasi”

Yangiliklar

📚 “She’riyat — qalb taronasi”
📝 Joriy yilning 24-aprel kuni Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi hamda 15-maktab o‘quvchilari bilan hamkorlikda el sevgan shoir Muhammad Yusuf tavalludi munosabati bilan adabiy kecha tashkil etildi.
✅ Tadbir davomida shoirning hayoti va ijodi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Ayniqsa, uning xalqona ruhda yozilgan, samimiyatga boy she’rlari kitobxonlar qalbida iliq taassurot qoldirdi.
📌 Kecha davomida o‘quvchilar tomonidan shoirning eng sara she’rlari ifodali o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi hamda kuy-qo‘shiqlar orqali shoir ijodiga bo‘lgan hurmat ifoda etildi.
🌟 Shuningdek, tadbir doirasida shoir asarlaridan iborat kitob ko‘rgazmasi tashkil etilib, ishtirokchilarga uning boy adabiy merosi keng targ‘ib qilindi.