⚡️ Siyosiy-ma’rifiy bilim — davlat xizmatchisi imijini xalq orasida mustahkamlaydi
🔰 Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” tashkil etildi. Unda bugungi kunning eng dolzarb mavzulari, mamlakatimiz va jahonda sodir bo‘layotgan muhim ijtimoiy-siyosiy voqea-hodisalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
✅ Tadbir davomida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqaro maydondagi ahamiyatli voqealar, “Mutolaa vaqti” rukni doirasida kitobxonlikni rivojlantirish masalalari hamda hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil tushunchalar berildi.
📚 Siyosiy-ma’rifat soati xodimlarning siyosiy bilimlari, huquqiy savodxonligi va ma’naviy dunyoqarashini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.

