“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi

Yangiliklar

📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi 📚
2026-yilda oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash sohasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 38-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tumanning aholi gavjum maskanlarida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbir davomida fuqarolar, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng targ‘ib qilish, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish yuzasidan suhbatlar olib borildi. Ishtirokchilarga turli badiiy va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar tavsiya etilib, kutubxona xizmatlari haqida ma’lumotlar berildi.
Loyiha doirasida kitobxonlar o‘zlari qiziqqan adabiyotlar bilan tanishib, mutolaaning inson ma’naviyati va tafakkurini yuksaltirishdagi o‘rni haqida fikr almashdilar.