☀️📚 Yozning issiq kunlari ham kitobxonlarga xizmat davom etmoqda!
Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari yozning jazirama kunlariga qaramay, kitobxonlarga sifatli va uzluksiz axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatishda faoliyat olib bormoqda.
Haftaning juma kuni ham markaz o‘z ishini odatdagi tartibda boshladi. Kitobxonlar uchun badiiy, ilmiy-ommabop va bolalar adabiyotlari taqdim etilib, ularga mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar berildi.
📖 Axborot-kutubxona markazi jamoasi kitobxonlarni doimo kutubxonaga chorlaydi va barchaga maroqli mutolaa tilaydi.

