Biz sizga tavsiya qilamiz

Yangiliklar

📚 Oqqushlar armoni
✍🏻 Jahon
adabiyoti kutubxonasi

Qadrli kitobxonlar!

Jesning boshida nimadir g‘uvullay boshladi. Og‘zini ochdi, lekin tomog‘i qurib ketganidan gapirolmadi. Biror kimdan madad kutganday birma-bir hammaga qarab chiqdi.
Axiyri yirik qo‘llari bilan onasining qo‘lini silayotgan otasi ko‘zlarini o‘z qo‘llaridan uzmay gap boshladi:
– Bugun tongda Burklarning qizini soydan topishibdi.
– Yo‘q! – niyohat gapirishga jur’at topdi Jes. – Lesli cho‘kib ketishi mumkin emas. U suzishni juda yaxshi biladi.
– Sizlar osiladigan eski arqon uzilib ketibdi, – otasi bir maromda, ammo tez gapirardi. – Yiqilganida boshini urib olgan bo‘lishi mumkin deb taxmin qilishyapti.