Booktreyler

Video lavhalar

Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Beknazarova S. tomonidan yozuvchi Azamat Qorjovovning “Qil ustidagi taqdir” asari asosida buktreyler tayyorlandi. Mazkur buktreyler orqali kitobxonlarga asarning mazmun-mohiyati, qahramonlar taqdiri va unda ilgari surilgan hayotiy g‘oyalar haqida qisqacha ma’lumot berildi. Asar inson hayotidagi sinovlar, matonat, sabr-toqat hamda taqdirning murakkab qirralarini yoritib berishi bilan kitobxonlarda katta qiziqish uyg‘otadi. Tayyorlangan buktreyler kitobxonlarni ushbu asarni mutolaa qilishga chorlaydi hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi. 📖✨