“Biz sizga tavsiya qilamiz” mavzusida kitob targ‘iboti tadbiri tashkil etildi.

Yangiliklar

📚 Kitob targ‘iboti 📚
Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi S. Xulkaliyeva tomonidan tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida
Tadbir davomida tibbiyot xodimlari hamda bemorlarga turli janrdagi badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar tavsiya etilib, kitob mutolaasining inson salomatligi va ruhiy holatiga ijobiy ta’siri haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, kitob o‘qish orqali bilim va dunyoqarashni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Mazkur targ‘ibot tadbiri kitobxonlik madaniyatini oshirish, aholi o‘rtasida mutolaa ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.