“Kitob — eng yaqin do‘stim”

Yangiliklar

Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimi Boltayeva Mohichehra tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida kitobxonlarga kitob mutolaasining inson hayotidagi o‘rni, uning tafakkur va dunyoqarashni boyitishdagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Ishtirokchilarga turli janrdagi qiziqarli va foydali adabiyotlar tavsiya qilinib, ularni bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanib, muntazam kitob o‘qishga chorlashdi.
Mazkur targ‘ibot tadbiri kitobxonlik madaniyatini oshirish, ayniqsa yoshlar orasida kitobga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.