📌 Inson huquqlari – oliy qadriyat
Inson huquqlari — bu har bir kishiga tugʻilganidan beriladigan ajralmas neʼmatdir. Har bir inson yashash, taʼlim olish hamda erkin fikr bildirish huquqiga ega.
Ushbu huquqlarni bilish, ularga amal qilish va hurmat qilish — har bir fuqaroning muhim burchidir. Chunki huquqiy ong va madaniyat yuksak bo‘lgan jamiyatda tinchlik, adolat va barqarorlik hukm suradi.
Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Vallayeva N. tomonidan mazkur mavzu doirasida kitoblar targ‘iboti o‘tkazildi. Targ‘ibot davomida ishtirokchilarga inson huquqlariga oid adabiyotlar tanishtirilib, ularning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi.
Keling, o‘z huquqlarimizni chuqur bilaylik va boshqalarning huquqlariga ham hurmat bilan yondashaylik!

