“Kitob — beminnat do‘st” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Yangiliklar

📚 VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida tumandagi ko‘chma kutubxona xodimasi U. Hamrayeva tomonidan navbatdagi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
📖 Tadbir davomida kutubxonada 7-sonli maktabning 6-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Kitob — beminnat do‘st” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. Unda kitobxon o‘quvchilar o‘zlari yoqtirgan kitoblarni tanlab olib, mutolaa uchun oldilar.
✨ Suhbat jarayonida o‘quvchilarga kitobning inson hayotidagi o‘rni, uning bilim va tafakkurni rivojlantirishdagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, ularga darsdan bo‘sh vaqtlarida muntazam kitob o‘qish zarurligi tavsiya etildi.
📘 Tadbir o‘quvchilarda kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish va ularni faol kitobxonlikka jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi.