📚 KITOBXONLIK HAFTALIGI DAVOM ETMOQDA!
Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida kitobxonlar uchun o‘lkashunoslik adabiyotlari bo‘yicha bibliografik sharh tashkil etildi.
📖 Tadbir davomida ishtirokchilarga yurtimiz tarixi, madaniyati va boy merosini yorituvchi adabiyotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘quvchilarda kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning bilim doirasini kengaytirish asosiy maqsad etib belgilandi.
✨ Kitob — inson tafakkurini boyituvchi bebaho manba!
✨ Mutolaa — kelajak sari mustahkam qadam!
📚 Barchangizni “Kitobxonlik haftaligi” tadbirlarida faol ishtirok etishga chorlaymiz!

