“MEN SEVGAN ERTAK QAHRAMONI”

Yangiliklar

📖 Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi Bolalar bo‘limining “Yosh kitobsevarlar” to‘garagi a’zolari ishtirokida “Men sevgan ertak qahramoni” mavzusida qiziqarli va mazmunli tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida bolajonlar o‘zlari sevgan ertak qahramonlari haqida so‘zlab, ertaklar olamidagi qiziqarli voqealarni yodga oldilar. Ayniqsa, savol-javoblar, topishmoqlar va qiziqarli topshiriqlar tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. 📚🎭

Bolajonlarning faol ishtiroki, topqirligi va ertak qahramonlariga bo‘lgan mehrlari tadbirni yanada qiziqarli qildi. Quvnoq savol-javoblar va samimiy suhbatlar orqali bolalarda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqish yanada oshdi.

🌟 Mazmunli va unutilmas tarzda o‘tgan tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

📚 Ertaklar — bolalikning eng go‘zal olami!
✨ Kitob o‘qigan bola — kelajagi porloq inson!