Bugun 13-DMTT tarbiyalanuvchilari uchun odatdagidan biroz boshqacha kun bo‘ldi. Axborot-kutubxona markazi xodimlari olib kelgan “Moviy jamadon” bolajonlar e’tiborini darrov tortdi.
Jamadon ichidan kitoblar chiqarilib, bolajonlarga ertak va hikoyalar ovoz chiqarib o‘qib berildi. Kichkintoylar esa qiziqish bilan tinglab, qahramonlar taqdiri va voqealarni zavq bilan kuzatdilar.
Ayrim ertaklar bolalarni kuldirgan bo‘lsa, ayrimlari yaxshilik, do‘stlik va mehr haqida o‘ylashga undadi. Eng muhimi, bugun kitob yana bir bor bolajonlar qalbiga yaqinlashdi. 🌈
“Moviy jamadon”ning navbatdagi manzili ham quvonchli xotiralar bilan yakunlandi. 💙📖

