“Oilada kitobxonlik madaniyatini oshirishda ona o‘rnak bo‘ladi”

Yangiliklar

📚📖 “Oilada kitobxonlik madaniyatini oshirishda ona o‘rnak bo‘ladi”
🌺 Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimi Boltayeva Mohichehra tomonidan bugun kutubxonaga tashrif buyurgan “Bodomzor” mahallasida istiqomat qiluvchi faol kitobxon Xudoyqulova Umida opa bilan suhbat o‘tkazildi.
✅ Suhbat davomida Umida opa oilada kitobxonlik muhitini shakllantirishda onaning o‘rni beqiyos ekanini alohida ta’kidladilar. Ular farzandlariga muntazam ravishda ertak va boshqa badiiy asarlarni o‘qib berishlari, bolalarda kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirishga katta hissa qo‘shayotganini bildirib o‘tdilar.
📝 Shuningdek, kitobxonning yoshiga mos adabiyotlar tanlab berilib, vaqtincha foydalanish uchun topshirildi. Bu esa oilada kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
🎯 Mazkur suhbat samimiy va mazmunli ruhda o‘tib, kitobxonlikni targ‘ib etishda onalarning o‘rni muhim ekanini yana bir bor namoyon etdi.