“Kitob — mening do‘stimsan” mavzusida davra suhbati

Yangiliklar

📚📖 “Kitob — mening do‘stimsan” mavzusida davra suhbati
🌺 Bugun Axborot-kutubxona markazining ko‘chma kutubxona xodimasi Ismoilova Lobar tomonidan 15-maktabning 1-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Kitob — mening do‘stimsan” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
✅ Tadbir davomida kichik yoshdagi kitobxonlarga kitobning inson hayotidagi o‘rni, uning bilim va tarbiya berishdagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi. O‘quvchilar kitobga bo‘lgan mehrlarini ifoda etib, o‘zlari sevib o‘qigan asarlar haqida fikr bildirdilar.
📝 Suhbat jarayonida o‘quvchilar yod olgan she’rlar, tez aytishlar va maqollarni yoddan aytib berib, o‘z iste’dodlarini namoyish etdilar. Bu esa tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
🎯 Davra suhbati qiziqarli va mazmunli tarzda o‘tib, bolalarda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.