📚📖 “Men sevgan ertak kitoblarim” mavzusida davra suhbati
🌺 Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazida kitobxonlar ishtirokida “Men sevgan ertak kitoblarim” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
✅ Tadbir davomida ishtirokchilar oʻzlari sevib oʻqigan ertak kitoblari haqida fikr almashdilar. Ular ertaklarning mazmuni, qahramonlari hamda beradigan ibratlari haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan oʻrtoqlashdilar.
📝 Suhbat jarayonida bolalar oʻzlariga manzur boʻlgan ertak qahramonlarini tilga olib, ularning ijobiy fazilatlari — mehribonlik, jasurlik va halollik haqida misollar keltirdilar. Shuningdek, ertaklarning yosh avlod tarbiyasidagi oʻrni, bolalarda yaxshilikka intilish va yomonlikdan yiroq boʻlish kabi fazilatlarni shakllantirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.
🎯 Davra suhbati qiziqarli savol-javoblar, erkin fikr almashinuvi va kitobga boʻlgan qiziqishni yanada oshirish bilan yakunlandi.
👥 Mazkur tadbirda faol kitobxonlardan 15 nafari ishtirok etdi.

