🔰 Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulariga bag‘ishlangan “Siyosiy-ma’rifat soati” tashkil etildi. Unda jahonda hamda mamlakatimizda sodir bo‘layotgan muhim voqea-hodisalar haqida atroflicha ma’lumotlar berib borildi.
✅ Tadbir davomida yurtimizda va xorijda ro‘y berayotgan ahamiyatli voqealar tafsiloti muhokama qilindi. Shuningdek, “Mutolaa vaqti” rukni doirasida kitobxonlikni targ‘ib etish, hamda huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi.

