“Yosh kitobsevarlar” klubi a’zolari ishtirokida “Qiziqarli ertaklar haqida suhbat” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yangiliklar

📚 Muzrabot tumani axborot-kutubxona markazi Bolalar bo‘limida “Yosh kitobsevarlar” klubi a’zolari ishtirokida “Qiziqarli ertaklar haqida suhbat” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida bolajonlar o‘zlari sevib o‘qigan ertak qahramonlari, ertaklarning tarbiyaviy ahamiyati hamda kitob mutolaasining foydasi haqida fikr almashdilar. Qiziqarli savol-javoblar, ertaklardan namunalar va faol ishtirokchilar chiqishlari tadbirga yanada mazmun bag‘ishladi.
Mazkur tadbir yosh kitobxonlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda mutolaa madaniyatini shakllantirishga xizmat qildi.