Yosh kitobxonlar uchun navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Yangiliklar

Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida yosh kitobxonlar uchun navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
Bugun Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markaziga yozgi ta’tilni mazmunli o’tkazish hamda badiiy adabiyot mutolaasini keng targ’ib etish maqsadida Yo’lchi mahallasida istiqomat qiluvchi o’quvchi-yoshlar tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida kutubxona xodimlari tomonidan bolalar uchun badiiy adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil etilib, yangi nashrlar va qiziqarli kitoblar bilan tanishtirildi. Shuningdek, kitob mutolaasining inson kamolotidagi o’rni, bo’sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish yuzasidan samimiy suhbat o’tkazildi.
Tadbir yakunida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan badiiy asarlarni tanlab, mutolaa qilish uchun oldilar. Mazkur uchrashuv ko’tarinki ruhda o’tib, yosh kitobxonlarning kitob o’qishga bo’lgan qiziqishi va intilishini yanada mustahkamladi.