“Bilimdon yoshlar” to‘garagi a’zolari ishtirokida “Ertaklar olamiga sayohat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Yangiliklar

Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi bolalar bo‘limi tomonidan “Bilimdon yoshlar” to‘garagi a’zolari ishtirokida “Ertaklar olamiga sayohat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbati davomida to‘garak a’zolari o‘zlari sevib mutolaa qilgan ertaklari haqida so‘zlab berdilar. Ular ertak qahramonlari, voqealari hamda o‘zlariga yoqqan jihatlari haqida qiziqarli fikrlar bildirdilar.
Davra suhbati juda ham qiziqarli va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. O‘quvchilarda ushbu davra suhbati katta taassurot qoldirdi.