“Kitobxon ayol — ma’naviyatli avlod tarbiyachisi”

Yangiliklar

Har oyning 17-sanasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Kitobxon onalar kuni” doirasida 16-sentabr kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan Muzrabot tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar ishtirokida “Kitobxon ayol — ma’naviyatli avlod tarbiyachisi” mavzusida kitoblar targ‘iboti tashkil etildi.

📖 Tadbir davomida kitobxonlikning inson ma’naviy hayotidagi o‘rni, mutolaa orqali dunyoqarashni kengaytirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🌿 Suhbat jarayonida, ayniqsa, onaning farzand tarbiyasidagi o‘rni, uning kitobga bo‘lgan munosabati va shaxsiy kitobxonlik namunasi farzandlarda mutolaaga mehr uyg‘otishdagi muhim omil ekani ta’kidlandi.