16-sentabr kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan aholi, ayniqsa, yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish hamda tashkilot xodimlarini muntazam mutolaaga jalb etish maqsadida Muzrabot tumanidagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki xodimlari uchun yangi adabiyotlar yetkazib berildi.
📖 Kitob targ‘iboti davomida bank xodimlarining qiziqishlari va kitob o‘qishga bo‘lgan ehtiyojlari inobatga olinib, turli mavzulardagi badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop va zamonaviy adabiyotlar tavsiya qilindi. Kitoblarning mazmuni, tarbiyaviy ahamiyati va mutolaaning inson hayotidagi o‘rni haqida fikr almashildi.
