Joriy yilning 15 sentabr sanasida Muzrabot tuman Axborot kutubxona markaziga Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xodimi tashrif buyurdi. Tashrif davomida kutubxona faoliyati, kitobxonlarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud adabiyotlar bilan yaqindan tanishildi.
Suhbat davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, turli xavfli holatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida xavfsizlik madaniyatini shakllantirish va ehtiyotkorlik choralariga amal qilish muhimligi ta’kidlandi.
Tashrif yakunida kitobxonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Mazkur uchrashuv barchada xavfsizlik qoidalariga yanada mas’uliyat bilan yondashish ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qildi
