Bugun Sopolli tepa mahallasidagi Obod turmush ko‘chasida xotin-qizlar ishtirokida “Kitob — nurli hayot poydevori” mavzusida mazmunli davra suhbati tashkil etildi.
🌿 Suhbat davomida kitobning inson hayotidagi o‘rni, ma’naviy kamolot va oilada kitobxonlik muhitini shakllantirishning ahamiyati haqida fikr almashildi.
Davra suhbatida ayollarimiz faol ishtirok etib, o‘zlari bilgan she’riy satrlar, maqollar, hikmatli so‘zlar hamda qadimiy urf-odatlarimiz haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdilar.
✨ Samimiy suhbat, hayotiy fikrlar va milliy qadriyatlar uyg‘unlashgan ushbu uchrashuv barchada iliq taassurot qoldirdi. Zero, kitob — inson qalbiga nur, tafakkuriga qanot, hayotiga ma’no baxsh etuvchi bebaho manbadir.
📖 Kitob o‘qigan insonning dunyoqarashi keng, ma’naviyati yuksak bo’ladi.
